Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa davlatlari Ukrainaga "mustahkam xavfsizlik" kafolatini va’da qildi

Evropa davlatlari Ukrainaga "mustahkam xavfsizlik" kafolatini va’da qildi

Evropa davlatlari Ukrainaga "mustahkam xavfsizlik" kafolatini va’da qildi.

Uchrashuv Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok tomonidan AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan keyin Ukrainaga harbiy yordamni qisqartirgan taqdirda hamkorlar bilan birgalikdagi harakatlarni muhokama qilish uchun tashkil etildi.

Ukrainaning Yevropadagi hamkorlari Kiyevni doimiy qo‘llab-quvvatlashga va Rossiya bilan potensial tinchlik kelishuvining bir qismi sifatida unga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor ekanliklariga ishontirdi.

Germaniya, Fransiya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlarining Yevropa Ittifoqi diplomatiyasining yangi rahbari Kaya Kallas bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma bayonotda Kiyevga uzoq muddatda harbiy va moliyaviy yordamning ishonchli ta’minlanishi qayd etildi.

Uchrashuvda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga yevropalik hamkorlarni jang maydonidagi murakkab vaziyat munosabati bilan Kiyevga diplomatik va harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, bu Ukrainaning Rossiya bilan potensial muzokaralardagi pozisiyasini ham mustahkamlaydi. Shu bilan birga, Sibiga Rossiyaga qarshi yangi va qattiqroq sanksiyalar joriy etishni talab qildi.

Kiritildi: 10:30 13.12.2024. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!