Buni Politico Pulse tomonidan Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Polsha va Belgiyada o‘tkazilgan so‘rovnima natijalari tasdiqlamoqda.
Umumiy hisobda respondentlarning 36 foizi AQSh Yevropa uchun xavf ekanligini ta’kidlagan bo‘lsa, atigi 12 foizi uni yaqin ittifoqchi deb atagan.
Jarayonda ishtirok etgan mamlakatlar ichida Qo‘shma Shtatlarga eng salbiy munosabat Ispaniya va Italiyada qayd etildi, ushbu davlatlarda mos ravishda 51% va 46% respondentlar Vashingtonni xavf deb atagan. Polshada bu ko‘rsatkich eng past darajada bo‘lib, atigi 13 foizni tashkil etgan.
So‘rovnomada qatnashgan yevropaliklarning 29 foizi Xitoyni ham xavf deb atagan. Faqatgina Fransiya va Polshadagi respondentlar Xitoydan keladigan xavfni jiddiyroq deb baholagan.
Shu bilan birga, so‘ralganlarning 70 foizi Rossiyani xavf sifatida qabul qiladi.
Shu bilan birga, yevropaliklar o‘z mintaqalarining yaxshiroq qurollangan va ko‘proq mustaqil bo‘lishini istashlarini bildirishgan.