Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Evro-2024” futbol musobaqalari yozuvidan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi

“Evro-2024” futbol musobaqalari yozuvidan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi

Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaati asosida “Evro-2024” futbol musobaqalari Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “ASL FUTBOL (LIVE)” kanalida huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxsning ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Holat yuzasidan kanal adminiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq obektlaridan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligiga murojaat qiling.

Kiritildi: 10:35 25.07.2024. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!