Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Ettita avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya ogohlantirishsiz avtomobillar narxini oshirdi

A A A
Ettita avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya ogohlantirishsiz avtomobillar narxini oshirdi

Ettita avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya ogohlantirishsiz avtomobillar narxini oshirdi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari inomarkalar narxi oshishiga e’tibor qaratmoqda, avtomobil ishlab chiqaruvchilar vakillari esa narxlar oshishi haqida oldindan ogohlantirmagan.

Forbes Autonews'ga tayanib qayd etishicha, yettita avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyada, jumladan, Volkswagen va Mercedes avtomobillarning narxi ko‘tarilgan.

Buning sababi yarimo‘tkazgichlar va boshqa komponentlarning yetishmasligi bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda bu mahsulotlarni yetkazib berishda uzilishlar mavjud.

Shunday qilib, Xitoyning Changan shahrida Geely, Haval va Great Wall avtomobil rusumlari qimmatlashgan. Mercedes esa bir nechta modellar uchun narxlarni o‘zgartirdi.

Shu bilan birga, aniqlik kiritilishicha, sotib olayotganda narxlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin, chunki rasmiy veb-saytlarda minimal xarajat ko‘rsatilgan bo‘lib va dilerlar o‘zlari narxga tuzatish va qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Gap bu yerda ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning veb-saytlarida ko‘rsatilgan tavsiya etilgan minimal narx haqida ketmoqda. Autonews qayd etishicha, dilerlardagi haqiqiy narx ancha yuqori, chunki ommabop modellardagi ustamalar 1 million rublga (13 200 $) yetishi mumkin.

O‘tgan yilning noyabr oyida mikrochiplar yetishmasligi sababli “AvtoVAZ“ avtomobil ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatgandi. Ford esa Shimoliy Amerikada mashina ishlab chiqarishni qisqartirdi. Intel bosh direktori Pet Gelsinger taxminicha, 2021 yilda mikrochiplar yetishmasligi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat yana ikki yil davom etishi mumkin.

Kiritildi: 14:37 06.02.2022. O'qildi: 4518 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!