Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Esonboyev: Mundial katta tajriba bo‘ldi

Esonboyev: Mundial katta tajriba bo‘ldi

O‘zbekiston MTJning Jahon chempionatidagi ishtiroki, natijadan qat’i nazar, milliy futbolimiz uchun katta tajriba va muhim saboq bo‘ldi

Bu haqda O‘zbekistonning sobiq futbolchisi va murabbiyi, futbolchilik faoliyati davomida "Paxtakor", "So‘g‘diyona", "Andijon" va "MHSK" jamoalari sharafini himoya qilgan Furqat Esonboyev @SputnikUzbek muxbiriga ma’lum qildi.

"Bu jamoamizning mundialdagi ilk ishtiroki edi. Futbolchilarimiz dunyoning eng kuchli raqiblariga qarshi maydonga tushdi. Tarkib yosh bo‘lgani uchun ayrim o‘yinlarda tajriba yetishmasligi ham sezildi", dedi u.



Furqat Esonboyevning ta’kidlashicha, futbolda eng muhim jihatlardan biri — maydondagi vaziyatni tez va to‘g‘ri baholay olishdir. O‘yinchilar bir-birini so‘zsiz tushunishi, imo-ishoralar orqali ham harakatlarini muvofiqlashtira olishi lozim. Bu esa tezkorlik, chaqqonlik va yuqori darajadagi o‘yin tafakkurini talab qiladi.

"Menimcha, ayrim uchrashuvlarda raqiblardan jismoniy tayyorgarlik borasida ortda qoldik. Ular juda kuchli edi. Shunga qaramay, futbolchilarimiz oxirigacha kurashdi. Ayniqsa, Fayzullayev va Shomurodovning maydondagi fidoyiligi va jonbozligini alohida ta’kidlash kerak", deya qo‘shimcha qildi Esonboyev.

Kiritildi: 22:33 29.06.2026. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik