Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, "Yangi O‘zbekiston" bog‘i va unga tutash hududda City Run havaskorlar uchun xalqaro yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 6 may kuni soat 17:30 dan 20:00 ga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Jasorat ko‘chasi bilan kesishmasidan Chirchiq daryosi ko‘prigigacha bo‘lgan qismi transport vositalarining harakati uchun yopiladi.
"Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma ko‘chalardan foydalanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda.