Toshkentning 4 ta tumani: Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ta’mirlash ishlari sababli ertaga Yashnobod, Mirobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Sergeli tumani Beshkent ko‘chasida joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punktini ta’mirlash ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining YEOGQX tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu tufayli 10 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shundan aholi iste’molchilari:
Shuningdek, ulgurji iste’molchilar:
Bundan tashqari, Mirobod tumani Xushnud ko‘chasidagi d-108 millimetrli yuqori bosim gaz quvuriga KI-STG-650/108 rusumli gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu sababli 10 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shundan:
Shu bilan birgalikda, Uchtepa tumani “Foziltepa” MFYdagi gaz bosimini me’yorlash maqsadida, Izza ko‘chasidagi o‘rta bosim gaz quvurlarini halqalash va avariya tiklash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli 10 mart kuni soat 10:00 dan 15:00 ga qadar tumanning “Foziltepa” MFYdagi jami 220 ta uy xo‘jaligida hamda hududdagi 18 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Etkazilayotgan noqulayliklar uchun Hududgaz Poytaxt gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.