Xitoyning Xanchjou shahrida 19-Osiyo o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
Ertaga musobaqa doirasida uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
-66 kg: Navbahor Hamidova - Janjayem Suvannapeng (Tailand) (11:15 dan so‘ng)
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Sex Yeong Jo (Janubiy Koreya) (17:40 dan so‘ng)
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Jang Taye Ryang (KXDR) (18:50 dan so‘ng)
Janglar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.