Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ertaga, 8 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

A A A
Ertaga, 8 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

***

Muhim hodisalar

Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yidan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

9-11 yanvar kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

9-10 yanvar kunlari ba’zi joylarda shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

10-15 yanvar kunlari respublika bo‘ylab anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 12-17 daraja, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi 17-22 daraja, Ustyurt va cho‘l hududlarining ayrim joylarida 25-27 daraja, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechasi 5-10 daraja, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.

Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

7-10 yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Kiritildi: 22:40 07.01.2023. O'qildi: 5022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik