Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronning yirik neft infratuzilmasi joylashgan Xarg orolida bir nechta kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Eronning yirik neft infratuzilmasi joylashgan Xarg orolida bir nechta kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar bermoqda.

Hodisa AQSh prezidentining Eron rahbariyatiga yo‘llagan so‘nggi ultimatumi fonida yuz berdi.

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, oroldagi neft infratuzilmasini yo‘q qilish bilan tahdid qilgan va respublikaga seshanba oqshomiga qadar (Toshkent vaqti bilan chorshanba tongigacha) muhlat bergan edi.

Islom inqilobi korpusi AQSh va Isroil hujumlariga munosabat bildirib, mintaqadagi AQSh infratuzilmasiga zarba berishi va Yaqin Sharqdagi energiya ta’minotini uzoq yillarga izdan chiqarishini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 16:34. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!