Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Eronlik 400 ulamo Oliy rahbar Xomanaiyga tahdid qilganlarga nisbatan o‘lim fatvosini qo‘llab-quvvatladi

Eronlik 400 ulamo Oliy rahbar Xomanaiyga tahdid qilganlarga nisbatan o‘lim fatvosini qo‘llab-quvvatladi

Eronning muqaddas Qum shahridagi 400 dan ziyod yuqori martabali shia ulamolar oliy rahbar Oyatulloh Alii Xomanaiyga tahdid qilganlarga nisbatan «muxareba» — ya’ni Xudoga qarshi urush olib borish deb baholanuvchi fatvoni qo‘llab-quvvatladi.

Qum seminariyasi ustozlari jamiyati a’zolari tomonidan imzolangan bayonotda qayd etilishicha, oliy rahbar va diniy hokimiyatni himoya qilish barcha musulmonlarning burchi hisoblanadi. Ular mazkur fatvoni «zarur va o‘z vaqtida berilgan» deb baholab, u Isroil rasmiylarining Xomanaiyga qarshi suiqasd rejalariga javob sifatida qabul qilinganini ta’kidladilar.

Bayonotda Oyatulloh Husayn Nuriy Hamadoniy va Nosir Makorim Sheroziy singari nufuzli ulamolarning so‘nggi fatvolariga ishora qilingan. Ulamolarga ko‘ra, bu tahdidlar «islom ummati va uning qadr-qimmatiga qarshi hujum» sifatida baholanadi.

Fatvoni qo‘llab-quvvatlaganlar orasida Eronning Nozoratchilar kengashi a’zosi Ahmad Xotamiy, shia ulamosi Alizaro Arofiy va boshqa rasmiy yoki yarim rasmiy maqomdagi shaxslar bor.

Ulamolar o‘z chiqishlarida AQSh prezidenti Donald Tramp, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hamda MAGATE rahbari Rafael Grossini ham tanqid ostiga olib, ularni Eron rahbariyati va infratuzilmasiga qarshi amalga oshirilgan hujumlarda «harbiy jinoyatchilar» sifatida javobgarlikka tortishga chaqirdilar.

Ular xalqaro sudlardan Grossi va boshqa rahbarlarni sud qilish va jazolashni talab qildilar. Shuningdek, Eron rasmiylari MAGATEni G‘arb razvedkasi bilan hamkorlikda harakat qilganlikda va yadroviy ob’ektlarga qarshi hujumlarga yordam berganlikda ayblashmoqda.

Bu bayonot G‘arb mamlakatlarining xavotiriga sabab bo‘ldi. Britaniya, Fransiya va Germaniya MAGATE mustaqilligi va xolisligini qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlab, Eronni agentlik ishini siyosiylashtirmaslikka chaqirgan.

Kiritildi: 19:03 14.07.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!