Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Erondagi yadro zavodida avariya sodir bo‘ldi

Erondagi yadro zavodida avariya sodir bo‘ldi

Eronning Isfaxon markaziy viloyatidagi sahroda joylashgan zavodda elektr tarmoqlari bilan bog‘liq halokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Muassasa mamlakatdagi uranni boyitish dasturining markaziy qismi hisoblanadi va MAGATE inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. 10 aprel kuni Natanz zavodi uranni boyitish uchun yangi rivojlangan sentrifugalarni (markazdan chalg‘ituvchi qurilma) ishga tushirdi.

«Hodisa oqibatida qurbonlar va zaharlanish holatlari bo‘lmadi», — deb xabar berdi Eron Atom energiyasi tashkilotining rasmiy vakili Behruz Kamalvandi.

Shuningdek, halokat sabablari aniqlanayotgani haqida xabar berildi.

Avvalroq Indoneziyaning neftni qayta ishlovchi Pertamina Balongan zavodida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 kishi qattiq kuyish, 15 kishi yengil jarohat olgani haqida xabar berildi. Mumbaydagi Dreams Mall savdo markazida joylashgan koronavirus bemorlari davolanayotgan Sunrise Hospital shifoxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida esa 10 kishi halok bo‘ldi.

Kiritildi: 10:58 12.04.2021. O'qildi: 2568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!