Eronning janubi-g‘arbiy qismidagi Xuziston viloyatida joylashgan Mahshahr portidagi maxsus neft-kimyo zonasiga zarba berildi.
Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari Mahshahr neft-kimyo maxsus iqtisodiy zonasi tashkiloti bayonotiga tayanib xabar berdi.
"Mahshahr portining maxsus neft-kimyo zonasida joylashgan Amir Kabir Petrochemical Companyning ob’ektlaridan biriga AQSh va Isroil hujum qildi", deyiladi bayonotda.
Havo hujumi yong‘inga sabab bo‘ldi. "Hozirda ishchilar orasida qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q", deyiladi bayonotda.
4 aprel kuni AQSh va Isroilning Mahshahr portidagi maxsus neft-kimyo zonasiga uyushtirgan hujumlari natijasida besh kishi halok bo‘ldi va 170 ishchi jarohat oldi.