AQSh va Isroilning Eronning Karaj shahridagi V1 ko‘prigiga qilgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni sakkiz kishiga yetdi.
Bu haqda Fars axborot agentligi Elborz viloyati rahbariyatiga tayanib xabar bermoqda.
"AQSh va Isroilning Karaj shahridagi V1 ko‘prigiga qilgan hujumi sakkiz kishining o‘limiga va 95 tinch aholining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi", deyiladi bayonotda.
O‘lganlar va yaralanganlar orasida yaqin atrofdagi qishloq aholisi, shuningdek, hududda o‘tkazilgan Tabiat kuni bayrami ishtirokchilari ham bor.