Eronda Starlink sun’iy yuldosh interneti terminallari faoliyatiga qarshi GPS signallarini soxtalashtirish qayd etildi — The Insider.
Eronda ommaviy noroziliklar va mamlakat bo‘ylab aloqa vositalarining keng ko‘lamda bloklanishi fonida Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishini izdan chiqarish uchun GPS-spufing texnologiyasidan foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Buyuk Britaniyada yashovchi eronlik kiberxavfsizlik tadqiqotchisi Nariman Garib e’lon qilgan texnik tahlilda aytiladi.
"2026 yil yanvar oyida Eronda ishlagan Starlink terminalidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Eron rasmiylari GPS signallarini shunchaki bostirish bilan cheklanmagan, balki soxta sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini uzatgan. Bu esa terminalning Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga antennani yo‘naltirish tizimiga ta’sir ko‘rsatgan", deya yozmoqda nashr.
Terminal 18 ta GPS sun’iy yo‘ldoshini aniqlagan bo‘lsa-da, ichki algoritmlar ma’lumotlardagi nomuvofiqlikni aniqlab, navigasiya tizimini avtomatik ravishda bloklagan. GPS-spufing oqibatida ma’lumot paketlarining yo‘qotilishi 20–22 foizga yetgan, normal sharoitda esa bu ko‘rsatkich 1 foizdan oshmaydi.
Tashqi t’sirga qaramay, Starlink terminali ma’lumot uzatishning minimal imkoniyatini saqlab qolgan, biroq aloqa sifati keskin yomonlashgani sababli xizmatdan foydalanish ancha qiyinlashgan.