Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Eronda raketa portlashi sodir bo‘ldi

Eronda raketa portlashi sodir bo‘ldi

Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozida joylashgan Keshm orolida raketa portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar berildi.

Tasnim axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oroldagi Keshm shahri atrofida yuz bergan.

"Bugun soat 18:50 da Keshm shahri yaqinida raketa portladi", — deyiladi agentlik xabarida.

Hozircha portlash oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligi va ehtimoliy vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, raketaning kelib chiqishi va portlash sabablari ham ochiqlanmagan.

Kiritildi: 22:31 20.11.2026. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik