Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eronda mustaqil internet foydalanuvchilari uchun og‘ir jazo belgilandi

Eronda mustaqil internet foydalanuvchilari uchun og‘ir jazo belgilandi

Tehron parlamenti internetga kirishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish uchun jazolarni kuchaytirish to‘g‘risida qonun qabul qildi.

📌 Yangi qonunda aybdor deb topilgan shaxslarga jarima, qamchinlash va 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish kabi jazo choralari ko‘zda tutilgan. Bu cheklovlar, asosan, mustaqil axborot manbalaridan foydalanishni maqsad qilganlar uchun qo‘llaniladi.

Eron hukumati mamlakatdagi axborot makonini qattiq nazoratda ushlab turibdi. Davlat OAV hali ham aholining asosiy axborot manbai bo‘lib qolmoqda. Ayrim inqirozli vaziyatlarda hukumat butunlay internetni o‘chirib qo‘yadi. Yaqindagi Isroil bilan bo‘lgan qurolli ziddiyat vaqtida ham shunday qilingan edi.

Bu kabi hollarda, internetga kirishning yagona yo‘li sifatida amerikalik SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti qaraladi. Ammo uning narxi ko‘pchilik eronlik oilalar uchun juda qimmat — taxminan $2000 atrofida.

Hozircha Eronda Starlink qay darajada keng tarqalgani aniq emas, lekin u axborot olishning kerak bo‘lsa yagona yo‘liga aylanib qolgan.

🔻 Bundan tashqari, parlament shpionajda gumon qilinayotganlarga nisbatan jazoni yanada og‘irlashtirdi. Endi "operativ hamkorlik" deb baholangan harakatlar uchun o‘lim jazosi ham qo‘llanilishi mumkin. Bu tushunchaga nima kiradi — aniq izoh berilmadi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu choralar mamlakatda hokimiyatga muxolif bo‘lgan fuqarolarni qo‘rqitish va faoliyatlarini cheklashga qaratilgan.

Hali qonunlar to‘liq kuchga kirmagan — ularni Eronning Konstitusiyani kuzatuvchi Kengashi tasdiqlashi kerak. Biroq tahlilchilar ta’kidlashicha, bu ko‘pincha shunchaki rasmiy shaklda amalga oshiriladigan jarayon.

Kiritildi: 18:35 30.06.2025. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!