Shahid Beheshti universiteti yadro muhandisligi fakulteti dekani Abdulhamid Minuchehr juma kuni ertalab Isroilning Eron hududiga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘ldi va shu tariqa halok bo‘lgan olimlar soni 3 nafarga yetdi. Bu haqda Mehr nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Eronning Tasnim davlat agentligi ikki eronlik yadro fizikasi Muhammad Mehdi Tehronchi va Eron Atom energiyasi tashkilotining sobiq rahbari Feridun Abbosiyning Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Shahid Beheshti universiteti (Tehronda joylashgan – tahr.) yadroviy muhandislik fakulteti o‘qituvchisi va dekani Abdulhamid Minuchehr Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan", — deyiladi xabarda.