Eron shimolida avtobus bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, kamida 20 kishi jarohatlandi.
Bu haqda "Tasnim" yozadi.
Qayd etilishicha, avtobus Gorgan yaqinida ag‘darilib, yo‘ldan chiqib ketgan.
Ikki nafar jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, biroq ulardan biri vafot etgan.