Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokarani avvalgi tartibda davom ettirishi mumkin

Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokarani avvalgi tartibda davom ettirishi mumkin

Birgalikdagi keng qamrovli harakatlar rejasi (BKHR yoki yadroviy bitim) ishtirokchilari o‘tmishda qo‘llangan “sanksiyani bekor qilish evaziga ishonch” formulasi asosida muzokarani davom ettirishi mumkin. Faqat buning uchun o‘zaro anglashuvga erishish lozim. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi davlat axborot kanali jonli efirida shu mazmunda gapirdi.

– Birinchi navbatda muzokarani tiklash uchun munosib asos yaratilishi kerak, – dedi mulozim. – Keyin o‘tmishda BKHR asosida qo‘llangan tartib bo‘yicha muzokara olib boramiz. Ishonch tiklanishi evaziga sanksiya bekor qilinishi kerak. Ya’ni, biz avvalgi formulaga qaytishimiz mumkin.

TIV rahbari “yadroviy kelishuv”ning bir necha eskirgan qoidasi islohotga muhtojligi, hammasi tomonlar muzokarani tenglik asosida davom ettirish uchun o‘zaro tushunish nuqtasini topa olishiga bog‘liqligini ta’kidlagan.

2015 yil Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron yadroviy kelishuv joriy qilishga kirishdi va fors davlati yadroviy dasturini cheklash evaziga tegishli sanksiyani bekor qilish nazarda tutilgan Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi qabul qilindi. Mazkur bitim 3 yil amal qildi. 2018 yil mart oyida AQSh Prezidenti Donald Tramp dasturdan chiqishini e’lon qilib, Tehronga qarshi sanksiyani qayta tikladi. Bunga javoban, Eron kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatini bosqichma-bosqich kamaytirish, yadroviy tadqiqot, sentrifuga va uranni boyitish darajasi bilan bog‘liq cheklovni inkor qilish qarorini oshkor etdi.

Tehron Amerika sanksiyasi to‘liq bekor bo‘lgandan keyingina Karoj shahridagi yadroviy inshoot kuzatuv kameralari ma’lumoti taqdim etilishini aytdi.

Joriy yil iyun oyi boshida Moskva, Tehron va Pekin MAGATE Boshqaruvchilar kengashi oltinchi yig‘ilishi doirasida e’lon qilingan qo‘shma bayonot orqali G‘arb davlatlari kelishuvni tiklash chorasini ko‘rishi vaqti kelganini bildirgan.

Kiritildi: 09:19 17.09.2024. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!