Eron Xitoydan kemalarga qarshi tovushdan tez uchuvchi raketalarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi. deb xabar bermoqda Reuters
Tehron uchish masofasi qariyb 290 kilometr bo‘lgan Xitoyning CM-302 raketalarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralarni yakunlamoqda, deya xabar bermoqda nashr.
Agentlik manbalariga ko‘ra, muzokaralar Isroil va Eron o‘rtasidagi 2025 yil iyun oyidagi urushdan so‘ng tezlashgan, yakuniy shartlar deyarli kelishilgan.
Qayd etilishicha, raketalarni joylashtirish Eronning zarba berish imkoniyatlarini kuchaytirishi hamda Vashington mintaqada allaqachon jamlagan aviatashuvchi kema guruhlari uchun tahdid tug‘dirishi mumkin.
Shu bilan birga, Xitoy Reuters'ga bunday muzokaralardan xabardor emasligini ma’lum qildi.