Eron va Qo‘shma Shtatlar Ummanda yadroviy muzokaralarning keyingi bosqichi bo‘yicha qarorlarni o‘z poytaxtlari bilan maslahatlashgan holda muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi Maskatdagi muzokaralar muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishuv bilan yakunlandi. Tomonlar o‘z pozisiyalari va talablarini bayon qilib, keyingi bosqich muzokaralari bo‘yicha o‘z poytaxtlari bilan maslahatlashgan holda qaror qabul qilishga kelishib oldilar", deb yozgan u.