Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarifning ta’kidlashicha, Tehronga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan mexanik shamollatish moslamalari kerak emas.
O‘zining tvitterida Eron vaziri bir necha oy ichida Islom respublikasining o‘zi shamollatish moslamalarini eksport qilishini ta’kidladi va Trampga boshqa xalqlarning ishlariga aralashmaslikni maslahat berdi.
"...Va menga ishoning, biz biron bir amerikalik siyosatchining tavsiyalarini qabul qilmaymiz", dedi Zarif.
Avvalroq Tramp AQSh Eronni koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida sun’iy o‘pkani shamollatish moslamalari bilan ta’minlashga tayyorligini aytgandi.