Eron tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bageri Koniy Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan iqtisodiy munosabatlar va mintaqadagi vaziyat masalalarini muhokama qilganini ma’lum qildi.
Uchrashuv BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida tashkil etildi.
«Bugun biz ikki tomonlama munosabatlardagi so‘nggi voqealar, ayniqsa, hozirgi iqtisodiy masalalarni ko‘rib chiqdik, - dedi u. - Biz o‘zaro manfaatlarimizga taalluqli boshqa mintaqaviy va xalqaro mavzularni ham muhokama qildik.»