Eron razvedkasi mamlakat janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida terrorchilik guruhini zararsizlantirdi.
Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, razvedka kuchlari va qurollangan shaxslar o‘rtasida bir necha soat davom etgan qarama-qarshilik natijasida olti nafar terrorchi zararsizlantirilgan, ikki nafari tiriklayin qo‘lga olingan. Operasiya chog‘ida ikki zobit va bir polisiyachi ham yaralangan.
Terrorchilar Eron fuqarolari emasligi aniqlangan.
Agentlik qayd etishicha, terrorchi guruh Eron sharqidagi “muhim ob’ekt”ga hujum qilishni rejalashtirgan.