Eron Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federasiyasi va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi o‘rtasida 10 iyul kuni Moskvada o‘tkazilgan strategik muloqot doirasida vazirlar yig‘ilishining yakuniy bayonoti munosabati bilan Rossiyaning Tehrondagi elchisi Aleksey Dedovga norozilik bildirdi. Bu haqda Eronning Tasnim agentligi xabar berdi.
Bayonotda Fors ko‘rfazidagi uchta orolga egalik haqida Eron manfaatlariga zid fikrlar bildirilgan, deb xabar beradi Tasnim agentligi.