Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Eron Rossiyaga Fath-360 uskunalarini yuboradi

Eron Rossiyaga Fath-360 uskunalarini yuboradi

Eron Rossiyaga qisqa masofali raketalar uchun uchirish uskunalarini berishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Rossiyaga 120 km masofagacha ucha oladigan Fath-360 turidagi raketalar uchun uchirish uskunalarini berish arafasida. Ushbu uskunalar Rossiya armiyasiga Ukraina qo‘shinlari, harbiy ob’ektlar va chegara yaqinidagi aholi punktlariga zarba berish imkonini yaratadi. Manbalar bu yetkazib berishni "muqarrar" deb atashgan, ammo jarayon haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortgan.

Reuters'ning ma’lum qilishicha, uchirish qurilmalarining berilishi Rossiyaning Ukrainadagi hujumini qo‘llab-quvvatlashi mumkin va Moskva hamda Tehron o‘rtasidagi harbiy aloqalarning chuqurlashib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, bu Rossiyaga “Iskander” kabi zamonaviyroq raketalarni Ukrainadagi muhim infratuzilmalarga uzoq masofali zarbalar uchun saqlab qolish imkonini beradi. Bu esa Ukraina havo mudofaa tizimiga bosimni yanada orttirishi mumkin.

2024 yil sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlar, Tehron Moskvaga Rossiya bayrog‘i ostidagi to‘qqizta kema orqali raketa yetkazib berganini ma’lum qilgan edi. Reuters manbalariga ko‘ra, o‘shanda o‘shanda uskunalari yetkazib berilmagan. AQSH, Ukraina va Yevropa rasmiylari Moskvaga minglab Eron dronlari va artilleriya snaryadlari yetkazib berilganini tasdiqlashgan.

2025 yil aprel oyida Qo‘shma Shtatlar armiyasi generali Kristofer Kavoli Kongressga Eron Rossiyaga 400 dan ziyod qisqa masofali ballistik raketalarni berganini ma’lum qilgan. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bu Fath-360 raketalari bo‘lishi mumkin.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, Fath-360 raketalarini ishga tushirish katta tayyorgarlikni talab qilmaydi va ularning parvoz vaqti juda qisqa bo‘ladi. Shu tufayli, Rossiya ushbu raketalar orqali muhim nishonlarga tez va samarali zarba berish imkoniga ega bo‘ladi. "Maxsus bilim va ko‘nikma talab etmaydigan bu qurol tizimini nisbatan kam tayyorgarlikka ega odamlar boshqara oladi", deyiladi mutaxassislar izohida.

Kiritildi: 18:59 10.05.2025. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!