Eron yaqin kelajakda Rossiyaga ilgari Moskvaga Ukrainaga qarshi ishlatish uchun yetkazib berilgan Fath-360 qisqa masofali ballistik raketalarining uchirish qurilmalarini topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda G‘arbning xavfsizlik sohasidagi ikki manbasi va Yaqin Sharqning bir amaldori ma’lum qildi.
Agar topshirish amalga oshsa, bu Rossiyaning hujum qobiliyatini kuchaytiradi va Tehron bilan Moskva o‘rtasidagi harbiy hamkorlik chuqurlashayotganini tasdiqlaydi, deb yozadi agentlik.
Uzoqligi taxminan 120 kilometr bo‘lgan Fath-360 raketalari Ukraina Qurolli Kuchlarining oldingi pozisiyalariga, harbiy infratuzilma ob’ektlariga va front yaqinidagi aholi punktlariga zarba berish imkonini beradi. Tahlilchilarning baholashicha, uchirishga tayyorgarlik ko‘rishning tezligi va parvozning yuqori tezligi tufayli ushbu raketalarni hatto minimal tayyorgarlikka ega xodimlar ham tezkor va samarali qo‘llashi mumkin.