Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron poytaxti Tehrondagi Mehrobod ayeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Eron poytaxti Tehrondagi Mehrobod ayeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Eron poytaxti Tehrondagi Mehrobod aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Eron OAV.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan kadrlarda aeroport tepasida quyuq tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin.

Havo hujumidan mudofaa tizimlari Tehronning shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlarida Isroil uchuvchisiz uchoqlari aniqlanganidan so‘ng faollashgani xabar qilingan.

Ayni paytda Isroil armiyasi Eron hududidan uchirilgan 20 ta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Armiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, barcha uchuvchisiz uchoqlar zararsizlantirildi.

Isroilning Eronga shafqasiz hujumlari bilan boshlangan mojaro

13-iyun kuni Isroil Eronning turli shaharlaridagi yadroviy inshootlarga, shuningdek, Eron armiyasining oliy qo‘mondonligiga keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi.

Zarbalarda Eron Qurolli kuchlari bosh shtab boshlig‘i, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni, harbiylar oliy qo‘mondonligining yana bir qancha a’zolari va to‘qqiz nafar yadro olimi halok bo‘lgan. Tinch aholi qurbonlari soni 78 nafarni tashkil etdi.

Eronning Isroil tomonida ballistik raketalarni qo‘llagan javob harakatlari natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 400 kishi yaralandi.

Bir qator davlatlar, xususan Turkiya, Isroilning harakatlarini qoraladi.


Kiritildi: 17:58 15.06.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!