Rosaviasiya Rossiya aviakompaniyalariga Birlashgan Arab Amirliklari hamda Eron hududi orqali parvozlarni qayta tiklashga ruxsat berdi.
Ma’lum qilinishicha, tranzit reyslar Eron aviasiya ma’muriyatining barcha tavsiyalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
Shu bilan birga, agentlik ushbu qaror istalgan vaqtda qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ham bildirdi.
20 aprel kuni Eron Tehrondagi asosiy aeroportlarini qayta ochdi. 25 apreldan esa mamlakat bo‘ylab yana o‘nta aeroport ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislar fikricha, bu qaror Rossiyadan Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Tailand, Indoneziya va Shri-Lankaga parvoz vaqtlarini qisqartirishi mumkin.
Shu bilan birga, turizm bozorida ehtiyotkorlik saqlanmoqda. Sayyohlar hozircha xavfsiz va yaqin yo‘nalishlar — Turkiya va Misrni afzal ko‘rmoqda.