Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Islom inqilobining yilligi munosabati bilan o‘n minglab mahbuslarni, jumladan, siyosiy jinoyatchilarni afv etdi.
IRNA davlat agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xomanaiy sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Mohseni-Ejeiyning Erondagi so‘nggi voqealar paytida hibsga olingan o‘n minglab ayblanuvchilarni afv etish yoki jazo muddatini qisqartirish haqidagi taklifini ma’qullagan.
Aniqlik kiritilishicha, afv etish qotillik, davlat mulkini yo‘q qilish, josuslik va xorijiy razvedka xizmatlarida ishlaganlik uchun sudlanganlarga taalluqli emas.