Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron nega o‘zining yadro dasturidan voz kecholmaydi?

Eron nega o‘zining yadro dasturidan voz kecholmaydi?

1978 yil oktyabrda, Eron inqilobi avj olgan bir paytda, ikki yetakchi – dunyoviy siyosatchi Karim Sanjobiy va diniy ulamo Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy – Parijda uchrashib, inqilob kelajagini muhokama qilishdi. Sanjobiy inqilob ikki tamoyilga – demokratiya va islomga asoslanishi kerakligini ta’kidladi.

ko‘rilmoqda. Aslida esa Eron rahbarlari uranni boyitish huquqini milliy suverenitet ramzi deb biladi. Eronning oliy rahbari Ali Xomanaiy yadro qurolini «g‘ayriislomiy» deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, G‘arb buni haqiqatdan ko‘ra siyosiy niqob deb hisoblaydi.

2015 yilda Eron va G‘arb, xususan AQSh o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha JCPOA nomli muhim kelishuv imzolandi. Biroq 2018 yilda Donald Tramp AQShni bu kelishuvdan chiqardi va Eronga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Bu Eron ichida ham G‘arbga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqardi.

Nega Eron neftga boy bo‘lsa ham yadro energiyasiga intiladi?

Ko‘plar savol beradi: neft zaxiralari bor Eronga yadro energiyasi nima uchun kerak? Javob Eron tarixida. XIX-XX asrlarda Eron G‘arb davlatlari, ayniqsa Britaniya va AQSh tomonidan iqtisodiy va siyosiy jihatdan siquvda bo‘lgan. Neft resurslari xorij kompaniyalari tomonidan boshqarilgan. 1953 yilda bosh vazir Musaddiq G‘arb aralashuvi bilan hokimiyatdan ag‘darilgan.

Xumayniy va undan keyingi rahbarlar shu tarixiy haqsizliklardan saboq olib, milliy mustaqillikni – ayniqsa energiya sohasida – asosiy ustuvorlik deb bildi.

Ironik holat shundaki, Eronga yadro texnologiyasi dastlab G‘arb, xususan, AQSh tomonidan olib kirilgan. 1970 yillarda shoh AQSh bilan hamkorlikda 23 ta atom stansiyasi qurmoqchi bo‘lgan. Hatto Genri Kissinjer ham bunga qarshi chiqmagan. Biroq 1979 yildagi inqilobdan so‘ng, Xumayniy bu loyihani G‘arb ta’sirining timsoli deb rad etdi.

1980-1988 yillardagi Eron-Iroq urushi, energiya taqchilligi va xalqaro tanazzullar tufayli Eron yana yadroviy dasturga qaytdi. 1990 yillarda bu borada katta rejalar tuzildi, olimlar vataniga qaytarildi, xorijiy hamkorliklar izlandi. Dastur milliy iftixor manbaiga aylandi. Pokiston, Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilindi.

2002 yilda Eronning ba’zi maxfiy ob’ektlari fosh qilindi. Eron bu ob’ektlar hali ishga tushmagani sababli Xalqaro atom energiyasi agentligiga bildirish majburiy emasligini aytdi. Ular yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga ko‘ra tinch yadro texnologiyasi har bir davlatning «ajralmas huquqi» ekanini eslatdi.

Xalqaro bosimlar va diplomatik urinishlar

2003 yildan boshlab Eron diplomatik bosimlar ostida qisqa muddatli tekshiruvlarga rozilik berdi. 2005 yildan esa yangi prezident Ahmadinajod texnologiyani milliy yutuq sifatida e’tirof etdi. Shundan buyon muzokaralar davom etmoqda. G‘arb esa yadroviy imkoniyat Eronning qurol ishlab chiqarish niyatidan dalolat berayotganini ta’kidlab kelmoqda.

Eronning sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy shunday degan:

«Biz uchun atom energiyasi – bu faqat energiya emas. Bu bizning milliy qadr-qimmatimiz, hurmatimiz va xalq sifatida kimligimiz masalasidir».

Yadro dasturi bugun Eron uchun faqat energiya yoki xavfsizlik masalasi emas. U mustaqillik, suverenitet, tarixiy adolatsizliklarga qarshi turish, milliy faxr va xalqaro sahnadagi mavqe timsoliga aylangan. The Guardian nashriga ko‘ra,

«Agar yadroviy dastur xavfsizlik va mustaqillik ramzi bo‘lsa, Eron rahbariyati bu yo‘lda juda katta – ba’zida o‘ziga zarar yetkazuvchi – narx to‘lamoqda».

Kiritildi: 19:17 22.07.2025. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!