Eron shimoli-g‘arbidagi Tabriz neftni qayta ishlash zavodida qurilayotgan agregatlardan birida azot saqlash tanki portlab ketdi, deb yozadi TASS.
Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avariya natijasida zavod yaqinida quyuq tutun paydo bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashda qurbonlar yo‘q, zavod normal rejimda ishlashda davom etmoqda.