Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bagaiyning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va AQSh tomonidan amalga oshirilgan hujumlardan so‘ng Eronning Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorligi avvalgi tarzda davom ettirilishi mumkin emas.
Tehronda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bagaiy shunday dedi:
«MAGATE bilan hamkorlikni cheklash bo‘yicha parlament qabul qilgan qaror hukumat uchun majburiy hisoblanadi va bajarilishi shart.»
Uning ta’kidlashicha, MAGATEning 31 may kuni e’lon qilingan hisoboti AQSh va Isroilning Eronga nisbatan hujumlariga asos sifatida foydalanilgan.
Eron rasmiylari bu holatni mamlakatning suverenitetiga tahdid sifatida baholamoqda va xalqaro tashkilotlarga ishonch izdan chiqqaniga ishora qilmoqda.