Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Livanning Al Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida, agar Isroil Islom Respublikasining yadroviy inshootlariga zarba berishga qaror qilsa, juda katta xatoga yo‘l qo‘yishini aytdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
"Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish katta xato bo‘ladi, bu boradagi pozisiyamiz aniq va o‘zgarmasdir", deb ta’kidladi vazir. "Isroil bizning yadroviy inshootlarimizga hujum qilgan paytda biz ham xuddi shunday javob beramiz. Lekin u bunday aqldan ozgan qadamni qo‘ya olmaydi, deb o‘ylayman", - deya qo‘shimcha qildi Arag‘chi.
11 noyabr kuni Yahudiy davlatining yangi mudofaa vaziri Isroil Kats Eron yadroviy inshootlari "ko‘proq zaiflashgan" va bu, uning fikricha, Isroilning mavjudligiga tahdidni bartaraf etish imkonini beradi, deb aytdi.