Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy o‘z harbiylarining yaqinda Isroil tomonidan yetkazilgan zarar ko‘lami haqidagi batafsil hisobotini ko‘rib chiqib, shunday buyruq bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil zarbalari Eronning raketa ishlab chiqaruvchi harbiy komplekslariga, Tehron atrofidagi havo mudofaa tizimlariga, muhim energiya infratuzilmasiga va mamlakat janubidagi yirik portga zarar yetkazgan.
Xomanaiyning ta’kidlashicha, hujum oqibatida kamida 4 nafar harbiy halok bo‘lganini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi va Isroilga javob bermaslik mag‘lubiyatni tan olishni anglatadi.
O‘z navbatida, Binyamin Netanyahu Isroil javob zarbasi berishga tayyorligini ochiq aytdi. Unga ko‘ra, Isroil endi Eronda har qachongidan ham erkin harakat qila oladi.