Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Eron Islom Respublikasi sport va yoshlar vaziri O‘zbekistonga keldi

A A A
Eron Islom Respublikasi sport va yoshlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Eron Islom Respublikasi sport va yoshlar vaziri Kayumars Hoshimiy boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Delegasiya a’zolari poytaxtimizda barpo etilayotgan "Olimpiya shaharchasi"dagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish asnosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.

Sport vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston-Eron mamlakatlarining sport sohasidagi hamkorligi borasidagi masalalar, xususan boks, dzyudo, og‘ir atletika, taekvondo kabi sport turlari bo‘yicha tajriba almashish muhimligi qayd etildi.

Eron Islom Respublikasi sport va yoshlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Samimiy o‘tgan muloqot so‘ngida do‘stona aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kiritildi: 11:22 25.01.2024. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!