Islom inqilobi himoyachilari korpusi (IIHK) harbiy-dengiz floti qo‘mondoni, kontr-admiral Alirizo Tangsiriy Eron Hurmuz bug‘ozini yopish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Hadia News ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Tangsiriyning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQSh tomonidan mamlakat yadroviy ob’ektlariga berilgan zarbalariga javoban bug‘ozni bir necha soat ichida yopishga tayyor.
Habarda qayd etilishicha, Tehron shuningdek, Hurmuz bug‘ozi orqali neft tankerlarining harakatlanishiga ham taqiq joriy qilmoqchi.