Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun to‘lovlarni yuanda amalga oshirishni joriy qilishi mumkin

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun to‘lovlarni yuanda amalga oshirishni joriy qilishi mumkin

Eron hisob-kitoblar uchun yuanga o‘tsa, cheklangan miqdordagi neft tankerlarining Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga ruxsat berishni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda CNN yuqori lavozimli Eron amaldoriga tayanib xabar berdi.

28 fevral kuni AQSH-Isroil harbiy operasiyasi boshlanganidan so‘ng, Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanishni chekladi va dengiz yo‘lagidan o‘tishga urinayotgan kemalarga hujum qila boshladi.

Financial Times xabariga ko‘ra, Fransiya va Italiya kabi bir qator Yevropa mamlakatlari o‘z kemalarining bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishini kafolatlash uchun Eron bilan muzokaralarni boshladilar.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!