Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Eron havo xududlarini qisman qayta ochdi

Eron havo xududlarini qisman qayta ochdi

Eron 28 fevraldan beri birinchi marta o‘z havo maydonini qisman qayta ochdi va ba’zi aeroportlarda faoliyatni qayta tikladi.

Bu haqda Tasnim axborot agentligi mamlakat Fuqaro aviasiyasi boshqarmasiga tayanib xabar bermoqda

"Eronning sharqiy havo hududidagi yo‘nalishlar xalqaro reyslar uchun ochiq", deb ta’kidladi boshqarma.

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiyani boshladilar va bir nechta shaharlarga havo hujumlarini uyushtirdilar. O‘sha kuni Eronning oliy rahbari Ali Xomanay hujumlarda halok bo‘ldi. Qasos sifatida Eron Isroil hududiga raketa hujumlarini uyushtirdi va Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy bazalariga hujum qildi.

Kiritildi: Bugun 16:45. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!