Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron yendi AEXA rahbarini yadroviy inshootlarga kiritmaydi

Eron yendi AEXA rahbarini yadroviy inshootlarga kiritmaydi

Eron parlamentining yangi qaroriga ko‘ra, mamlakat Xalqaro atom energiyasi agentligi (AEXA) bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Bu qaror yadroviy inshootlarga xorijiy nazoratni cheklash va milliy siyosatda mustaqillikni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

25 iyun kuni qabul qilingan qarorga asosan, AEXA bosh direktori va inspektorlari Eron yadroviy inshootlariga kiritilmaydi. Bu Yerusalim tomonidan tarqatilgan ma’lumotlar ortidan xavfsizlik chorasi sifatida baholanmoqda. Eron parlamenti raisining o‘rinbosari Hamid Rizo Hoji Boboiyning so‘zlariga ko‘ra, Isroilda paydo bo‘lgan ba’zi hujjatlarda Erondagi yadroviy ob’ektlarga oid maxfiy ma’lumotlar aniqlangan.

Natijada, AEXA nafaqat nazorat tashriflaridan, balki yadroviy inshootlarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan monitoring kameralaridan ham mahrum bo‘ladi. Bu agentlikning Erondagi nazorat faoliyatini jiddiy cheklaydi.

Shu paytgacha Eron Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchisi sifatida AEXA tekshiruvlarini qabul qilib kelayotgan edi. Biroq yangi qaror amalga oshsa, mazkur xalqaro kelishuv amalda o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin.

Xalqaro kuzatuvchilar va diplomatik doiralar bu harakatni nafaqat mintaqaviy, balki global yadroviy xavfsizlikka tahdid sifatida baholamoqda. Shu bilan birga, Eron bu qarorni “milliy suverenitet va xavfsizlik ustuvorligi” nuqtai nazaridan oqlamoqda.

Xalqaro tashkilotlar Tehronni AEXA bilan hamkorlikni tiklashga chaqirmoqda. Ammo mamlakat ichki siyosatida yadroviy masalalar qay yo‘nalishda davom etishi hozircha noaniq.

Kiritildi: 16:01 29.06.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!