Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Eron bosh murabbiyi: "Toshkentdan uch ochko olib ketishimiz kerak"

Eron bosh murabbiyi: "Toshkentdan uch ochko olib ketishimiz kerak"

Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alinoyi Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalo, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Kanatesga sog‘lik tilayman. Ertaga bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘lmaydi. Avvalgi ikki o‘yinda vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Bu safar minimal imkoniyatlardan maksimal foydalanishimiz kerak.

15 oktyabr kungi Qatar bilan o‘yin qayerda bo‘lishi haqida bir narsa deya olmayman. Hozir bor e’tiborimiz O‘zbekistonga qarshi bahsga qaratilgan. Shuni aytishim mumkinki, Eron — dunyodagi eng yaxshi va tinch mamlakatlardan biri.

Tashqi narsalarga chalg‘imay, bor e’tiborimizni futbolga qaratishimiz, tomoshabop o‘yin ko‘rsatishimiz va Toshkentdan 3 ochko olib ketishimiz kerak. Himoyamizdagi yo‘qotishlar? Dastlabki ikki turda “quruq o‘yin” o‘tkazdik va ertaga ham bu seriyani davom ettirishga urinamiz", dedi forslar bosh murabbiyi.

Kiritildi: 15:07 09.10.2024. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!