Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Bahrayndagi Amazon Web Services bulutli hisoblash markaziga zarba berishini e’lon qildi.
Bu haqda Al Jazeera agentligi xabar berdi.
IIQK ushbu hujum dushmanga birinchi amaliy ogohlantirish bo‘lganini ta’kidladi.
"Agar ogohlantirishlar e’tiborsiz qoldirilsa va qotilliklar davom etsa, biz allaqachon e’lon qilingan keyingi kompaniyalarni ancha qattiqroq jazolaymiz. Mintaqadagi ushbu kompaniyalarning butunlay yo‘q qilinishi uchun javobgarlik Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti zimmasida", deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, bugun IIQK orolning deyarli butun po‘lat va metallurgiya sektorini o‘z ichiga olgan Bahrayndagi Al Had sanoat shahriga raketalarni o‘qqa tutdi.
Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro boshlanganidan beri Amazon Web Services (AWS) ma’lumotlar markazlariga bir necha bor zarba berildi.
IIQK ilgari hujumlarda Eron fuqarolarining o‘limi uchun qasos sifatida Amerika kompaniyalariga zarba berish bilan tahdid qilgan edi.