AQSh bitim imzolash uchun Eron xalqining ishonchini qozonishi kerak, deb bayonot berdi Eron Mejlisi (parlamenti) spikeri Mohammad Bager G‘olibaf.
«Umuman olganda, biz muzokaralarda ilgarilashga erishdik, biroq hali ko‘plab bo‘shliqlar bor va ayrim fundamental jihatlar ochiq qolmoqda. Qo‘shma Shtatlar Eron xalqining ishonchini qanday qozonish haqida bir qarorga kelishi kerak. Bu — amerikaliklar tashlashi lozim bo‘lgan eng muhim qadamdir», — deya siyosatchining so‘zlarini Tasnim agentligi keltiradi.
G‘olibafning so‘zlariga ko‘ra, AQSh muzokaralarga yondashishda bir tomonlama harakatlardan va o‘z irodasini o‘tkazish (majburlash) ruhidan voz kechishi shart.