Ummonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Eron Qo‘shma Shtatlardan tahdid va bosim siyosatidan voz kechishni hamda muloqotni davom ettirishni talab qildi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chi IRNA axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, har qanday muloqot uchun asosiy shart — tahdid va bosimdan voz kechishdir. «Biz bu talabni bugun ham ochiq aytib o‘tdik va muzokaralarni davom ettirish uchun unga qat’iy rioya etilishini kutmoqdamiz», — dedi vazir.