Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron AQShdan 290 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda

Eron AQShdan 290 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda

Eron sudlari AQShning bir necha o‘n yil davomidagi harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun Vashingtondan 290 milliard dollar kompensasiya undirish haqida qaror chiqargan.

Eron Advokatlar ishlari bo‘yicha sud markazi rahbari Hasan Abdolianpurning ma’lum qilishicha, Tehron Fors ko‘rfazidagi ayrim arab davlatlariga qarshi ham da’vo arizalari kiritgan. Eron ularni AQShning hujumlari uchun o‘z hududlaridan foydalanishga ruxsat berganlikda ayblamoqda.

Eron televideniyesiga ko‘ra, talab qilinayotgan summa faqat 2026 yil 28 fevralda boshlangan harbiy operasiya bilan bog‘liq emas, balki AQShning bir necha o‘n yillik harakatlarini qamrab oladi.

Kiritildi: 11:27 24.11.2026. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik