Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron AQSh dronini urib tushirdi

Eron AQSh dronini urib tushirdi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (Eron Qurolli kuchlarining elit bo‘linmasi bo‘lgan IIQK) havo mudofaasi vositalari Bushehr viloyati osmonida AQShning MQ-9 dronini urib tushirdi.

Bu haqda IIQK vakili Husayn Mohebi ma’lum qildi.

"Tongda AQShning havo hujumidan so‘ng, MQ-9 uchuvchisiz uchish apparati Bushehr viloyatidagi Hormuz shahri osmonida IIQK havo mudofaasi o‘qi bilan urib tushirildi”, deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Tasnim axborot agentligi.

Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi Islom Respublikasining Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalarga qilingan hujumlariga javoban Eronga bir qator kuchli zarbalar berganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 10:11 08.07.2026. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!