The Independent nashrining Qo‘shma Shtatlar razvedkasiga tayanib xabar berishicha, Tehron oziq-ovqat va tovarlar zaxirasi bilan ta’minlangan bo‘lib, AQShning dengiz blokadasiga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Markaziy razvedka boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Tehron iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgunga qadar 90 kundan 120 kungacha, ehtimol undan ham ko‘proq chidab bera oladi. Bunga dengizdagi katta miqdordagi neft zaxiralari ham yordam bermoqda. Shuningdek, Eronda hali ham urushdan avvalgi raketa uchirish qurilmalarining 75 foizi va raketa zaxiralarining 70 foizi saqlanib qolgan. Bu Trampning "to‘liq g‘alaba" haqidagi bayonotlariga zid keladi.
Shu bilan birga, Al Arabiya nashrining yozishicha, Binyamin Netanyahu AQShdan Eron yadro dasturi to‘liq tugatilmaguncha tinchlik shartnomasini imzolamaslikni talab qilmoqda. Isroil tomoni urushni yanada kuchaytirish, jumladan, Tehronning energetika ob’ektlariga zarba berish rejasini muhokama qilmoqda, deyiladi xabarda.