Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQSh bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha murosaga tayyor ekanini bildirdi

Eron AQSh bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha murosaga tayyor ekanini bildirdi

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, agar AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasini muhokama qilishga rozi bo‘lsa, Tehron ham yadroviy dasturini cheklash bo‘yicha kelishuvga tayyorligini bildirdi. Biroq Eron yadroviy masalani raketa dasturi kabi boshqa mavzular bilan bog‘lashni rad etmoqda.

Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari esa agar barcha moliyaviy sanksiyalar bekor qilinsa, mamlakat yuqori darajada boyitilgan uranni suyultirishga rozi bo‘lishi mumkinligini aytgan. Shu bilan birga, Eron uranni boyitishni to‘liq to‘xtatish talabini qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidlagan.

AQSh Eronda uran boyitish jarayonini yadroviy qurol yaratish yo‘lidagi xavf sifatida baholaydi. Tehron esa yadroviy qurol yaratish niyati borligini rad etib keladi.

Kiritildi: Bugun 18:05. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!