Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Erning shakli

A A A
Erning shakli

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

 

وَالْأَرْضَ بَعْدَ ذَلِكَ دَحَاهَا

 

“Va undan so‘ng yerni tuxum shaklida qildi” (Naaziat surasi, 30-oyat).

“Tuxum shaklida qildi” deb tarjima qilingan fe’l oyatda دَحَا (daha) ko‘rinishida kelgan. Bu so‘z “tuyaqush tuxumi shaklida” ma’nosini anglatadi.

Tuyaqush yiliga 30 tadan 50 tagacha tuxum tug‘adi. Tuxumining vazni 1 yarim kilogramgacha yetadi.

Er shari aynan tuyaqush tuxumi ko‘rinishidadir. Tovuq tuxumi ko‘rinishida emas.

Bundan 14 asr oldin, o‘qish-yozishni o‘rganmagan Muhammad sollallohu alayhi vasallam Yerning tuyaqush tuxumi shaklida biroz cho‘zinchoq ko‘rinishda (yumaloq ham, cho‘zinchoq ham emas, balki, shuning o‘rtasidagi ko‘rinishda) yaratilganini qayerdan bilib aytdilar ekan?! Albatta, bu xabarni u kishiga barcha narsani yaratgan Alloh taolo bildirgandir!

Rasmlarda: tuyaqush tuxumi (tovuq tuxumi bilan solishtirilgan, ularning doirasiga e’tibor bering, tovuqniki cho‘zinchoqroq, tuyaqushniki doirasimonroq), chapda Yerning okeanli rasmi, o‘ngda Yerning okeansiz ko‘rinishi.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 19:43 08.08.2018. O'qildi: 11998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik